Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amerikacha snos»: «Tramp Plaza»ni kim buzishini kimoshdi savdosi hal qiladi

«Amerikacha snos»: «Tramp Plaza»ni kim buzishini kimoshdi savdosi hal qiladi

Foto: DW

Atlantik-Siti (AQSh)dagi ilgari AQSh prezidenti Donald Trampga qarashli bo‘lgan «Trump Plaza» mehmonxonasi va kazinosi yo‘naltirilgan portlatish yo‘li bilan buzib tashlanadi. Portlatish pulti kimning qo‘liga o‘tishini esa Atlantik-Siti (Nyu-Jersi shtati) shahri hokimligi kimoshdi savdosi orqali hal etmoqchi.

Bu haqda shahar meri Marti Smoll «Facebook»dagi jonli efir payti xabar berdi.

«Tramp bankrotlik to‘g‘risidagi qonunlardan o‘z maqsadlari yo‘lida yaxshi foydalana oldi, Atlantik-Sitida yaxshigina pul topganidan so‘ng shahar va uning aholisini taqdir hukmiga havola qilib tashlab ketdi», — dedi Smoll.

Bino «snos»ini Trampning AQSh prezidentligi uchun saylovdagi mag‘lubiyatiga atashmoqchi. Auksiondan tushgan pullarni esa o‘smirlarga kasb-hunar o‘rgatayotgan yoshlar markaziga o‘tkazib berishmoqchi.


Mavzuga oid: «Arabcha snos»: BAAda to‘rtta osmono‘par bino bir paytning o‘zida portlatildi (video)


«Trump Plaza»ni avvaliga 31-dekabr kuni buzib tashlashni o‘ylab ko‘rishgandi, keyin 2021-yilning fevraliga ko‘chirishga qaror qilishdi. «Tramp Plaza» binosi 2014-yildan beri yopiq, hozirgi egasi esa 84 yoshli milliarder Kard Aykan. Ammo bu Tramp imperiyasining oltinchi binosi, xolos. Shulardan yana biri Isroilda ko‘kka bo‘y cho‘zib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring