Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika Milliy gvardiya xodimi koronavirus qurboniga aylandi

Amerika Milliy gvardiya xodimi koronavirus qurboniga aylandi

Foto: «Reuters»

AQSh harbiy xizmatchisi koronavirusni yuqtirgandan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi AQSh mudofaa vaziri Mark Esper.

Uning so‘zlariga ko‘ra, marhum Milliy gvardiyada xizmat qilgan.

«Bu harbiy jamoamiz uchun og‘ir yo‘qotish. Biz uning oilasi, do‘stlari, fuqarolik hamkorlari va Milliy gvardiyaga ta’ziya bildiramiz», — deydi Esper. Marhumning ism-sharifi oshkor qilinmagan.

29-mart holatiga ko‘ra, AQShda 569 nafar harbiy xizmatchi koronavirusni yuqtirib olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring