Amerika kompaniyasi qazib oladigan gaz o‘zbek xonadonlariga yo‘naltiriladi
Amerikaning Epsilon Development Company sarmoya kompaniyasi O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmini oshirmoqda. Bu borada «Podrobno» xabar tarqatgan.
Epsilon Development Company tomonidan aytilishicha, 17 mart sanasida Qo‘ltiq-Qamashi investitsiya blogiga qarashli Tolimarjon gaz konining №2 burg‘ulash o‘rnidan gaz oqimi topilgan. Yangi gaz konidan sutkasiga 200 ming kubometr gaz chiqmoqda. Kompaniya mutaxassislarining baholashicha, olib boriladigan qo‘shimcha ishlardan so‘ng gaz oqimi sutkasiga 350 ming kubometrgacha yetishi mumkin.
Biroz vaqt muqaddam, mart oyining boshlarida amerikaliklar xuddi shu joyda, №1 burg‘ulash o‘rnidan gaz topishgan edi. Bu joydan sutkasiga 250 ming kubometr gaz olinmoqda. Tolimarjon konidan topilgan tabiiy gaz birinchi navbatda ichki bozorga yo‘naltiriladi. Yangi gaz konlari aholi va tashkilotlar ehtiyoji uchun ishlatiladi.
Eslatib o‘tamiz, Epsilon Development Company yana shuningdek Muborak, Surxon, Ashibuloq, Qo‘shquduq va G‘arbiy Farg‘ona investitsiya bloklarida ish olib bormoqda. Kompaniya tomonidan kiritilgan investitsiya 5,2 milliard dollardan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter