Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metall idishlardagi ichimliklarni raqamli markirovkalashda innovatsiyalar - kodlarni qo‘llashning lazer usuli joriy etildi

Metall idishlardagi ichimliklarni raqamli markirovkalashda innovatsiyalar - kodlarni qo‘llashning lazer usuli joriy etildi

Yaqinda bir joyda mehmondorchilikda o‘tirgandik, tabiiyki dasturxon noz-ne’matlar bilan to‘la, shular qatorida turli gazlangan va gazlanmagan ichimliklar ham bor edi. Suhbat aylanib, qimmat brendli gazli ichimliklarni soxtalari ham chiqib qolayotganiga borib taqaldi. Darrov telefonimni oldimda, Asl Belgisi ilovasidan foydalanib, ichimliklarning markirovkasidan ishlab chiqarilgani haqidagi hamma ma’lumotlarni bilib berdim.

Juda qulay narsa chiqdi shu ilova – dori-darmondan tortib, maishiy texnikagacha qayerda ishlab chiqarilgan, qachon ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati qachongacha, hammasini bilib olish mumkin. Kamiga, hafta boshida «CRPT TURON» kompaniyasi tashkil qilgan press-turda markirovkalash jarayoni bilan ham tanishib olish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Matbuot safari  «EURASIA BOTTLERS» MChJga tegishli alyuminiy idishlarda ichimliklar ishlab chiqaruvchi zavodga tashkil qilindi. Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari, shuningdek, «CRPT TURON» milliy markirovkalash tizimi operatori vakillari ishtirok etdi.

Press-turning asosiy maqsadi – lazerli bosib chiqarish usuli bilan metall idishlarga markirovkani qo‘llash uskunasining ishlashini ko‘rsatish bo‘ldi.

Tur doirasida ishtirokchilar «EURASIA BOTTLERS» MChJ zavodida raqamli markirovka kabi zamonaviy texnologiyaning joriy etilishi bilan tanishdilar. Ishtirokchilar markirovkalash konveyerdan do‘kongacha bo‘lgan barcha bosqichlarda mahsulotning har bir birligini qanday nazorat qilish imkonini berishini bilib oldilar. Ushbu texnologiya kontrafaktga qarshi kurashishga yordam beradi, mahsulotlar sifatini kafolatlaydi va iste’molchilar manfaatlarini himoya qiladi.

«CRPT TURON» mutaxassislari ishlab chiqaruvchi vakillari bilan birgalikda zamonaviy uskunaning ishlashini amalda namoyish etdilar, Data Matrix kodlarini qo‘llashning asosiy talablari va xususiyatlari, markirovka kodlarini lazerli qo‘llash usulining afzalliklari haqida so‘zlab berdilar. «Asl Belgisi» mobil ilovasi yordamida mehmonlarga mahsulotlarning sifat standartlariga muvofiqligi va aslligini qanday tekshirish mumkinligi ko‘rsatildi.

Press-turda alyuminiy idishlar qopqog‘ini markirovkalash uchun lazer uskunalarini yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi «Kallisto» kompaniyalar guruhi mutaxassislari ham ishtirok etdi. Kompaniya rahbari lazerli o‘ymakorlik – zamonaviy va samarali usul ekanligi haqida batafsil ma’lumot berib, yig‘ilganlarning savollariga javob berdi. Xususan, kompaniya uskunalari soatiga 80 ming idishgacha markirovkalash imkoniyatiga ega ekani va allaqachon Rossiyaning alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarida muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgani ta’kidlandi.

Muxbirlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish va markirovkalash jarayonida shaxsan ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

O‘zbekistonda suv va salqin ichimliklarning birinchi guruhi uchun majburiy raqamli markirovka 2024 yil 1 martdan, alyuminiy idishlarda sotiladigan mahsulotlar uchun esa 1 avgustdan boshlandi. Uni joriy etish jarayoni biroz murakkabroq bo‘lib, ishlab chiqaruvchilarni moslashtirish va kodlarni kiritishning maqbul usulini tanlashni talab qildi. Ilg‘or yechimlardan biri lazerli qo‘llash bo‘lib, u markirovkaning yuqori darajadagi chidamliligini ta’minlaydi. Lazerli qo‘llash aniq, mustahkam kodlarni yaratish imkonini beradi, bu esa ularni ishonchli o‘qilishni ta’minlaydi. Majburiy markirovkani joriy etish bozor shaffofligini oshirish, iste’molchilarni kontrafaktdan himoya qilish va halol raqobat muhitini yaratishga qaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring