Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alpinistlar Jomolungmani chiqindixonaga aylantirib yuborishgan

Alpinistlar Jomolungmani chiqindixonaga aylantirib yuborishgan

Foto: «NDTV.com»

Minglab kilogramm qog‘oz, plastik, maishiy chiqindilar, shaxsiy buyumlarni «professional sportchilar» nepalliklarga «sovg‘a» qilib qoldirishyapti, deb xabar bermoqda «Life.ru». «France Press» agentligi yozishicha, masalan, 2017-yili maxsus alpinistlar jamoasi tog‘ni 25 tonnadan ortiq chiqindilardan tozalagan.

Shunga qaramasdan, «dunyo tomi»ni tozalash Nepal hukumati uchun chaqaga ham tushmaydi — yaqin orada barcha alpinistlar uchun «chiqindi depoziti» joriy etilib, bo‘lajak tozalash xarajatlari uchun mablag‘ undirib olinadi.

Ayni paytda tog‘ning eng ifloslangan hududi 6400 metr balandlikdagi ikkinchi lager bo‘lib, chiqindining 80 foizi shu yerdan yig‘ishtirib olinmoqda.

Nepal alpinistlar assotsiatsiyasi a’zolarining ma’lum qilishlaricha, turli ekspeditsiyalar a’zolari qoldiradigan chiqindilarni shamol tog‘ daryolariga uchirib boryapti va suvni ichish uchun yaroqsiz holga keltirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring