AT «Aloqabank»da jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati
AT «Aloqabank»ka 2019-yil III choragi davomida jami 858 ta murojaat kelib tushdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 foizga kamdir.
AT «Aloqabank» tizimida murojaatlar bilan ishlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni talablari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan.
Murojaatlarni qabul qilish uchun Boshqaruv raisi virtual qabulxonasi, ishonch telefoni, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi (230-77-77) tashkil etilgan hamda bank rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvali tasdiqlangan va doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazi kelinmoqda.
2019-yil III choragi davomida bankka jami 858 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 foizga kamaygan.
Mazkur murojaatlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonasi, Bosh prokuratura «Ishonch telefoni» orqali va bank Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi orqali 609 ta elektron murojaat, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va idora tashkilotlar orqali 58 ta yozma murojaat hamda bankning «Ishonch telefoni», bank Boshqaruvi Raisi va o‘rinbosarlarining shaxsiy va sayyor qabullari orqali 191 ta og‘zaki murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatlar asosan kredit foizlarini pasaytirish, to‘lov tizimini shakllantirish, davlat dasturlariga muvofiq ajratiladigan imtiyozli kreditlarni ajratishni soddalashtirish kabi masalalar yuzasidan kelib tushgan.
Hisobot davrida kelib tushgan jami 858 ta murojaatdan 246 tasi qanoatlantirilgan, 577 tasi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilgan, 2 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 7 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 26 ta murojaat hozirgi kunda ko‘rib chiqilmoqda.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter