Aloqa xizmatlarida muammo tug‘ilsa… Kimga va qay tartibda murojaat qilasiz?
Aloqa operatorlari sizga sifatli xizmat ko‘rsatmayapti, pochta jo‘natmalaringizda muammo yuzaga keldi, obuna bo‘lgan nashrlaringizni vaqtida ololmayapsiz... Bunday holda kimga va qay tartibda murojaat qilasiz?
Aksariyat yurtdoshlarimiz bu kabi vaziyatlarda aynan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga, hokimlik va idoralarga murojaat qilishadi. Avvalo, murojaatning to‘g‘ri yo‘naltirilmagani, qolaversa, mas’ul xodimlarning bee’tiborligi sabab muammolar vaqtida hal etilmaydi.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali sizga ushbu muammoli vaziyatlarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga murojaat qilishni tavsiya etadi.
Inspeksiyaning 1144 raqamli ishonch telefoni tunu-kun xizmat ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun: Inspeksiya telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish, davriy matbuotni tarqatish, pochta va mobil aloqa sohasida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat nazorat organi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter