Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Allo, operator» — Mobil aloqa tayanch stansiyalari o‘zi nimaga kerak?

«Xabar.uz» portalida yangi loyiha: «Allo, operator» dasturi orqali biz mobil aloqa sohasining siz bilmagan jabhalari va sir-asrorlarini ko‘rsatib borishga harakat qilamiz. Hamkorimiz – Mobiuz mobil operatori.

Bugungi kunda zamonaviy hayotni yuqori sifatli aloqasiz tasavvur qilish qiyin. Texnologiyalar tufayli biz dunyoning narigi burchagidagi inson bilan jonli tarzda suhbatlasha olamiz, xizmatlar uchun haq to‘laymiz, bilim olamiz... Xullas, onlayn hayot kechiramiz.

Tezkor mobil internet bo‘lmaganida esa, darhol o‘zimizni noqulay his qilamiz. Insonlarga qulaylik yaratish maqsadida mobil aloqa kompaniyalari tayanch stansiyalari sonini ko‘paytirib, yangi texnologiyalarni taqdim etishga intilishmoqda.

Butun dunyoda mijozlarning ortib borayotgan ehtiyojlari, ularning istalgan joyda va vaqtda doimiy aloqada bo‘lish talabi mobil operatorlar uchun yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yildan yilga dunyo aholisi internetdan ko‘proq foydalanmoqda. Hozirgi kunda mobil internet va internetga statsionar simsiz ulanish texnologiyasi foydalanuvchilari bir oy ichida 108 eksabayt yoki, boshqacha qilib aytganda, deyarli 116 milliard gigabayt internet sarflashmoqda.

O‘zbekistonda Mobiuz kompaniyasi misolida qo‘yidagi ma’lumotlarni keltirishimiz mumkin. Kompaniya abonentlari soatiga 50 terabaytga yaqin mobil internet sarflaydi. Ushbu trafikning 80 foizdan ortig‘i 4G LTE tarmoqlari orqali o‘tadi. Bunday o‘sib borayotgan ehtiyojni qoplash maqsadida kompaniya tomonidan shu yilning 9 oyi davomida 2170 dan ziyod tayanch stansiyalari ishga turildi.

Har bir yangi tayanch stansiyasi aholi uchun qo‘shimcha qulaylik ekanligi shubhasiz. Radiochastota signallari yordamida ma’lumot uzatuvchi tayanch stansiyalar orqali biz yaqinlarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lishimiz mumkin. Lekin yangi tayanch stansiyasini o‘rnatishda ma’lum standartlar mavjudmi?

Mutaxassisning ma’lumotiga ko‘ra, tayanch stansiyasining sanitariya pasporti mavjudligi uning me’yoriy talablarga muvofiq o‘rnatilganligi va uning yonida joylashgan binolarda yashovchi va ishlaydigan odamlar uchun xavfsiz ekanligidan dalolat beradi.

«Allo, operator» loyihasi davom etadi. Bizni kuzatib boring!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring