Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Allamjonov va jurnalist sudi oxiriga yetmay tugadi

Allamjonov va jurnalist sudi oxiriga yetmay tugadi

2022 yilning 6 iyul kuni Shayxontohur tuman sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat)da nazarda tutilgan jinoyatda ayblanayotgan Uzmetronom sayti asoschisi S.Yejkovning jinoyat ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda jabrlanuvchi K.Allamjonov va sudlanuvchi S.Yejkov «Brilliantoviy malchik» va «Sliv s dalnim pritselom» maqolalari yuzasidan o‘z pozitsiyalarini bildirdilar.

S.Yejkov tegishli dalillarsiz materialni e’lon qilganidan afsusda ekanligini bildirdi va sudda K.Allamjonovdan uzr so‘ragan. 

O‘z navbatida, Allamjonov, uning maqsadi — Yejkovni jazolash emas, balki o‘zining haq ekanini isbotlash bo‘lganini, u bunga erishgani va o‘z arizasini qaytarib olishini bildirdi. U har qanday bahslar ko‘chada, «podval»larda emas, aynan sudlarda hal qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Yejkovga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) bilan jinoiy ish ochilgandi.

Ushbu masalaga Rossiya davlat dumasi sobiq deputati V.Rashkin ham qiziqib qolgani aytilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring