Alisher Uzoqov «Sevgi iztirobi»da o‘zi ovoz bergan aktyor bilan uchrashdi
«Sevgi iztirobi» serialidagi Amir obrazi bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish taniqli turkiyalik aktyor Kaan Urganji o‘g‘li Toshkentga kelgani haqida xabar berilgan edi.
«Daryo»ning yozishicha, «Baron 2» filmi rejissyori Rustam Sa’diyev turk aktyori filmning O‘zbekistondagi o‘zi bilan bog‘liq sahnalari suratga olinib bo‘lguniga qadar Toshkentda bo‘lishini ma’lum qilgan.
Turkiyalik aktyor Toshkent shahridagi bir nechta diqqatga sazovor joylar, jumladan Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Amir Temur xiyobonida bo‘ldi. Aktyor Navro‘z sayllari o‘tkazilayotgan maydonda ham bo‘lib, ushbu bayramni nishonlash jarayoni bilan tanishgan.
Kaanning «Sevgi iztirobi»dagi obrazini dublyajda o‘zbek tilida gapirtirgan aktyor Alisher Uzoqov bilan uchrashgan hamda yaqindan tanishgan. Alisher Uzoqov «Instagram»dagi sahifasida bu uchrashuv haqida «Men dunyodagi eng baxtli aktyorman», deb yozdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter