Alisher Usmonov: «Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoga tinchlikni qaytardi»
Rossiyalik o‘zbek milliarder Alisher Usmonov «Forbes Rossiya» jurnaliga intervyu berdi.
Usmonov Shavkat Mirziyoyev haqida gapirarkan, uning Markaziy Osiyodagi davlatlarni birlashtirganini alohida ta’kidlagan.
«Birinchidan, Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoga tinchlikni qaytardi. Buni mintaqadagi barcha davlat yetakchilari tan oldi. Bu muhim. Avvalgi boshqaruv davrida qardosh Tojikiston va Qirg‘iziston chegaralari minalashtirilgan edi. O‘zbekiston pozitsiyasi tufayli tinchlikka erishildi. Ikkinchidan prezident Vashington bilan xuddi Moskva kabi do‘stlikni yo‘lga qo‘ydi. Uchinchidan, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish muhim rolni bajarishni boshladi» degan milliader.
Shuningdek, Usmonov biznesini birorta aksionerlarga qoldirmoqchi. «Biznes qilishni bilmaydigan bolalarga uni topshirishning nima keragi bor. Merosni pul sifatida qoldirishim mumkin», degan u. Lekin aynan kimga qoldirishini aytmagan.
Toshkentdagi islom sivilizatsiyasi markaziga 550 mln. funt-sterlingni xayriya qilganini aytgan.
U o‘zining xayriya va ehsonlaridan, ayniqsa, samara berayotganlaridan rohatlanishini aytgan. «Rossiyada ilk marta bionik implantlar qo‘yilishi natijasida odamlar ko‘ra boshlashdi», degan milliarder. U nafaqat O‘zbekistonda, balki Tatariston va Qozog‘istonda ham masjidlar qurayotganini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter