Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov nemis jurnalistini sudga tortishni talab qildi

Alisher Usmonov nemis jurnalistini sudga tortishni talab qildi

Hans-Yoaxim Zeppelt — ancha taniqli jurnalist, asosan sportdagi doping muammolari bilan shug‘ullanadi.

Foto: Mir24.TV

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov uni hakamlarni sotib olishda ayblagan Germaniyaning ARD telekanali jurnalistini sudga tortishni talab qildi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Usmonov Kyoln (Germaniya) prokuraturasiga 8-oktyabr kuni shu haqda ariza yozgan. Jurnalist Hans-Yoaxim (Xayo) Zeppelt Parijdagi Olimpiya o‘yinlari qilichbozlik musobaqalaridan tayyorlagan reportaj milliarderning e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Zeppelt o‘z reportajida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE)ni 2008–2022-yillarda boshqargan Usmonovni hakamlarni sotib olish tizimini yaratishda ayblagan. O‘z navbatida, endi Alisher Usmonovning advokati Yoaxim Shtaynxefel Zeppeltni jurnalistika standartlarini buzish va rossiyalikni yomonotliq qilishga intilishda ayblamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring