Alisher Shodmonov: «Har ehtimolga qarshi yana 16 ming bemor uchun zahira o‘rni yaratildi»
Xalqaro press-klubda koronavirus pandemiyasi bo‘yicha navbatdagi sessiya boshlandi.
Unda ishtirok etayotgan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga ko‘ra, kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlar uchun xarajatlar davlat budjetidan qoplanmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinib davolanayotgan o‘rta ahvoldagi har bemor uchun 32 million so‘mdan mablag‘ sarf qilinmoqda.
Og‘ir ahvoldagi, jonlantirish bo‘limida yotgan har bir bemorlarga o‘rtacha 64 million so‘m, karantinda bo‘lib turgan fuqarolarning har biri uchun 14 kunlik karantinda davri uchun 2,4 million so‘mdan, koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga olingan har bir bemor tiklanishi uchun 2,8 million so‘mdan sarflanmoqda.
Vazir shuningdek, har ehtimolga qarshi bemorlar uchun 16 ming o‘rin va 20 ming bemorga yetadigan dori-darmon zahirasi yaratib qo‘yilganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda muxbirimiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter