Alisher Sa’dullayev: «Endi Yoshlar ittifoqida a’zolar bo‘lmaydi!» (video)
Endilikda Yoshlar Ittifoqiga a’zolik bekor qilinadi. Ittifoq yoshlarni unga a’zo bo‘lgan va bo‘lmaganlarga ajratmay, barchaga birday qaraydi. Bu xaqda YoIning yangi raisi Alisher Sa’dullayev «O‘zbekiston24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Sa’dullayevning aytishicha, bundan keyin Yoshlar Ittifoqining raisi o‘rinbosarligiga va hududlardagi kengashlari boshqaruv lavozimlariga nomzodlar tanlov orqali qabul qilinadi.
Shuningdek, u O‘zbekistonda yaqin 5-10 yil ichida yoshlar orasida kamida 1 millionga yaqin dasturchi yetishtirib chiqarish maqsad qilinganini aytib o‘tgan.
Tashkilot o‘z oldiga belgilab olgan yangi loyihalar va boshqalar haqida quyidagi videointervyuda to‘liq tanishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter