Alisher Qodirov xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelishni to‘xtatishni taklif etdi
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelishni to‘xtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish haqida o‘ylash kerakligini aytdi.
«Viruslarni aniqlash va ular bilan kurashishda Isroil davlatidagi tajriba o‘rgangulik. Ular 2020-yilning 1-sentyabrigacha barcha kiruvchilar uchun chegaralarini yopdi. Nimaga? Chunki ichkariga kirgan har bir inson virusning yangi, borayotgan joyidagi muhitga moslashmagan tipini olib kirishi mumkin.
Bu yangi to‘lqin degani.
Payg‘ambarimiz (s.a.v) ham «Vabo tarqalgan joyga bormangiz, agar turgan joyingizda vabo bo‘lsa u yerdan ketmangiz» deb bekorga aytmaganlar.
Xorijdan vatandoshlarimizni olib kelishni to‘xtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish haqida o‘ylashimiz kerak.
Bu birinchi navbatda o‘sha vatandoshimizning qarindoshlariga, qolaversa butun O‘zbekistonga yaxshilik bo‘ladi.
Yana bir yangi shtamm xalqimiz uchun juda og‘ir bo‘ladi»,- deydi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, Qodirov bir qator masalalarda fikrlari bilan omma e’tiborini tortgandi. Masalan, rus askarlari butxonasi bo‘yicha fikri, bir fuqaroga «siz meni saylamagansiz» deya iddao qilgani va xorijdan avtobusda qaytuvchilarni tanqid qilgani sabab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter