Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Qodirov va Rasul Kusherbayev nega gap talashdi?

Alisher Qodirov va Rasul Kusherbayev nega gap talashdi?

Foto: «Xabar.uz»

Deputatlar Alisher Qodirov va Rasul Kusherbayev o‘rtasidagi gap talashishni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Qirqib olingan video biroz tushunarsiz, deb yozadi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Aslida nima bo‘ldi?

«Masalaning oxiriga yetish uchun muhokamani to‘liq ko‘rib chiqdim. Kusherbayev himoya qilayotgan Jinoyat-protsessual kodeksini o‘zgaritirishga oid qonun loyihasiga faqat Qodirov emas, boshqa deputatlar — Ilhom Abdullayev, Doniyor G‘aniyev, Sharofiddin Nazarov ham e’tiroz bildirgan. Huquqshunos sifatida aytishim mumkinki, barchasining e’tirozi to‘ppa-to‘g‘ri!

Qonun loyihasi matni yuridik jihatdan puxta emas, shu sababli ertaga amaliyotda tergovchilar bu lazeykali qonundan foydalanib, mansabdor shaxslarning telefon va kompyuterlarini bemalol titkilay oladigan bo‘lib qoladi. Amaliyotda buni birorta deputat nazorat qilib berolmaydi, qo‘lidan kelmaydi.

E’tiroz bildirayotgan deputatlar jon kuydirib shu narsani tushuntira olmabdi. «Yo‘q, amaliyotda unaqa bo‘lmaydi» deb aytilgan quruq gap e’tirozlarga javob emas.

Hushyor deputatlarga rahmat!» — qayd etadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Shuningdek, Alisher Qodirovning yurtimizda ham ko‘pchilikni tashkil etadigan millatga nisbatan hurmatsizlik ma’nosini uyg‘otuvchi iborani ishlatgani noto‘g‘ri bo‘ldi, imkon qadar bunday iboralarni ishlatishdan barchamiz qochishimiz kerak, deya qo‘shimcha qiladi bloger.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring