Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aliyev Ozarbayjonda ikkita muhim sanani nishonlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Aliyev Ozarbayjonda ikkita muhim sanani nishonlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Foto: Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 27-sentyabrni Qorabog‘da halok bo‘lganlarni xotirlash kuni, 10- noyabrni esa respublikada g‘alaba kuni sifatida belgilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

«Har yili 27-sentyabr kuni Ozarbayjonda Xotira kuni nishonlanadi. Prezident Ilhom Aliyev tegishli farmonni imzoladi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida. — «Davlat rahbarining yana bir farmoni bilan har yili 10-noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasida G‘alaba kuni bayram qilinadi».

27-sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar qaytadan boshlandi. Boku va Yerevan harbiy holatni e’lon qilib, bir-birini tinch aholini o‘qqa tutishda aybladi. Mojaro avj olishi natijasida ikkala tomondan ham harbiylar va tinch aholi qurbon bo‘ldi.

10-noyabr kuni oqshom Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va RF prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni va harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish haqida qo‘shma bayonot imzoladi.

Unga ko‘ra, Boku va Yerevan egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtaydi, Tog‘li Qorabog‘ hududining bir qismi esa Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tadi. 20-noyabrda Agdam, 25-noyabrda Kelbejer, 1-dekabrda esa Lachin hududlari rasman Bokuga o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring