Alamli mag‘lubiyatdan so‘ng «Borussiya» (Dortmund) murabbiyga chora ko‘rdi

Dortmundning «Borussiya» klubi Lyusen Favr iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi «Shtutgart» bilan bo‘lgan uchrashuvda alamli mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z lavozimidan ozod etildi, deya xabar berdi klub sayti.
«O‘z uyida «Shtutgart»dan 1:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng klub rahbariyati bir ovozdan Lyusen Favr va uning yordamchisi Manfred Stefesni ishdan bo‘shatishga qaror qildi», — deyiladi xabarda.
Favr iste’foga chiqarilganidan keyin Edin Terzich bosh murabbiy vazifasini bajaradi.
Shveysariyalik mutaxassis «Borussiya»ni 2018-yil may oyidan buyon boshqarib kelayotgandi, uning shartnomasi 2021-yil 30-iyunda tugashi kerak edi. Uning faoliyati davomida «Borussiya» Germaniya chempionatida ikki marta kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter