Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT xizmatlari sifatini nazorat qilish avtomatlashtiriladi

AKT xizmatlari sifatini nazorat qilish avtomatlashtiriladi

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafik o‘tkazuvchanligi bilan bog‘liq uzilishlarga qarshi kurashish tizimiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda telekommunikatsiya operatorlari, vazirlik tizimidagi mas’ul tashkilot va mutaxassislar ishtirok etdilar. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda telekommunikatsiya xizmatlari sifatini nazoratga olishda tarmoqlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish masalasi ham muhokama qilindi.

Yig‘ilishda telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarining sifatini nazorat qilishni avtomatlashtirish bo‘yicha apparat-dasturiy kompleksni, ishlanmalar yaratish va texnik talabnomalar ishlab chiqish yuzasidan takliflar o‘rganildi.

Bunday uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad telekommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, milliy tarmoqni barqaror rivojlantirishda yagona siyosatni tatbiq etish, operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini muntazam nazorat qilishdan iborat, deyiladi vazirlik axborotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring