AKT vazirligining «Facebook»dagi sahifasi rasmiy maqomni qo‘lga kiritdi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Facebook» tarmog‘idagi sahifasi rasmiy maqomga ega bo‘ldi. Rasmiy tasdiq belgisi sahifa o‘quvchilari bilan ishonchli axborotga asoslangan ikkitomonlama muloqot qilish imkonini beradi, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati.
«Hurmatli o‘quvchilar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yangiliklarni sahifamizda kuzatib boring va ularni «Facebook» tarmog‘ida do‘stlaringiz bilan ulashing», deyiladi xabar matnida.
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayevning «Facebook» tarmog‘idagi sahifasi rasmiy maqomga ega bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter