AKT vazirligida YeXHT departamenti rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha departamenti rahbari Rasa Ostrauskayte xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B. Olmatov YeXHT vakillariga «O‘zbekiston Respublikasiga AKT sohasidagi transmilliy tahdidlarga qarshi kurash salohiyatini mustahkamlashda ko‘maklashish» loyihasini amalga oshirishda ko‘rsatilgan ko‘mak hamda amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Rasa Ostrauskayte xonim ushbu loyihani amalga oshirishda hamkorlikdagi faoliyatning muvaffaqiyatlarini alohida e’tirof etdi.
Tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kelgusida ham amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter