Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirligida Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

AKT vazirligida Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: «Mitc.uz»

Kecha, 6-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni mehmonni mamlakatimizda AKT sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishtirdi. Sohani taraqqiy ettirish masalasi hukumat rahbariyatining bosh diqqat-e’tiborida ekani ta’kidlandi.

O‘z navbatida, Yerik Utembayev ham Qozog‘iston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Jumladan, qo‘shnilarimiz tomonidan «Raqamli Qozog‘iston» dasturi qabul qilingani, uning asosida 2018—2022-yillarda yirik loyihalar amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berildi.

Tomonlar har ikkala davlatning AKT sohasi ma’murlari o‘rtasida o‘rnatilgani ikkitomonlama yaqin sherikchilik istiqboli, O‘zbekiston va Qozog‘iston bu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirishda yuqori salohiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv mobaynida axborot texnologiyalarining turli yo‘nalishlarida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda har ikki davlatning biznes vakillarini jalb qilishga kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring