AKT vazirligi xodimlari taqdirlanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishda salmoqli hissa qo‘shgan AKT vazirligining bir qator xodimlari «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.
Taqdirlash marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov ishtirok etdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil» esdalik nishonlari Mudofaa vazirligi ma’sullari tomonidan taqdim etildi.
Taqdirlanganlar ro‘yxati:
- Jamol Maxsudov – Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari;
- Nazirjon Hasanov – «O‘zbektelekom» AK bosh direktori;
- Jahongir Aripov – «O‘zbektelekom» AK bosh direktorining o‘rinbosari;
- Mardon Berdiqlichev – «O‘zbektelekom» AK bosh direktorining o‘rinbosari;
- Davron Jabborov – «Toshkent shahar telefon tarmog‘i» filiali direktorining birinchi o‘rinbosari;
- Maxsum Mahmudov – «Unicon.uz» – Fan texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi direktori;
- Emil Gimranov – «Yagona integrator – «UZINFOCOM» MChJ bosh direktori;
- Zarina Yuldasheva – «Yagona integrator – «UZINFOCOM» MChJ tahlil va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter