AKT vazirligi axborot xizmati «Oltin qalam» milliy mukofoti bilan taqdirlandi (video)
Bugun, 3-may kuni jurnalistika sohasidagi XIII «Oltin qalam» milliy mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati «Eng yaxshi matbuot xizmati» nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori Laziz Tangriyev nominatsiya g‘olibi — vazirlik axborot xizmati rahbari Elbek Dolimovga diplom, «Oltin qalam» statuetkasini tantanali ravishda topshirdi. Eslatib o‘tamiz, tanlov nizomiga muvofiq ushbu nominatsiya g‘olibi eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
«Xabar» gazetasi, «Xabar.uz» hamda «Xabar.tv» tahririyatlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati jamoasini qo‘lga kiritilgan ushbu yutuq bilan tabriklaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter