AKT vazirining «Facebook»dagi sahifasi rasmiy maqomga ega bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayevning «Facebook» tarmog‘idagi sahifasi rasmiy maqomga ega bo‘ldi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifa kuzatuvchilari bilan virtual muloqot o‘zaro ishonchli axborotga asoslanadi. Foydalanuvchilar tasdiqlangan sahifa orqali vazir faoliyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi rasmiy yangiliklarni bevosita kuzatib borishlari mumkin.
Sahifaning rasmiy maqomga ega bo‘lishi soxta profillar hamda yolg‘on xabarlar tarqalishiga chek qo‘yadi, ma’lumotlarni tez va oson ajratib olishga xizmat qiladi. «Facebook»tarmog‘ining qidiruv tizimi foydalanuvchiga kalit so‘zlar bo‘yicha birinchi bo‘lib tasdiqlangan sahifadagi axborotlarni taqdim qiladi.
«Facebook» 2013-yilning may oyidan boshlab yirik auditoriyaga ega davlat va jamoat arboblari, jumladan rahbar va siyosatchilar, taniqli shaxslarga ko‘k rangli tasdiq belgisini berib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter