AKT vaziri Xitoy elchisi bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
23-oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vaziri Shuhrat Sodiqov va XXRning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan honim o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Sh. Sodiqov ta’kidlaganidek, davlatlarimiz o‘rtasida turli iqtisodiy sohalarda hamkorlik olib borilib, jumladan AKT sohasida tajriba almashilmoqda.
Uchrashuv chog‘ida elektron hukumat, axborot texnologiyalari, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT ta’lim va eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalarining joriy holati va istiqboldagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Onlayn muloqot davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter