AKT vaziri texnoparkning qurilishi bilan tanishdi (foto)
22-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov poytaxtning Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park)ga bordi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 11-dekabr kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining qurilish jarayoni bilan tanishgan va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tizimidagi quyi tashkilotlarni shu yerga ko‘chirib, bank va IT-kompaniyalarni jalb etib, texnoparkni yaxlit kompleks tarzida rivojlantirish, soha vakillari uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.
Sherzod Shermatov prezident tomonidan berilgan topshiriqlarning qanday bajarilayotgani, yangi zamonaviy majmua qurilishi holati bilan tanishib, olib borilayotgan ishlarni tezlashtirish va sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.
Ma’lumot uchun: bugungi kunda 20-25 qavatli 6 ta ofis binosi qad ko‘targan. Konferensiya zali qurilishi yakuniy bosqichga kirgan.
Bu yerda jami 17 ta imorat barpo etiladi. Ularning zilzilaga bardoshliligi 9 balldan yuqori.
Texnologik parkda IT-tashkilotlar, universitet, konferenwiya zali, kovorking markazi o‘zaro uzviy faoliyat olib boradi. Majmua hududida xizmat uylari, mehmonxona, kafe va restoranlar, do‘konlar, sport maydoni, dam olish joylari ham bo‘ladi. Yer ostida 3 qavatli avtoturargoh quriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter