Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri “Telecom innovations” MChJ korxonasining zamonaviy mahsulotlari bilan tanishdi

AKT vaziri “Telecom innovations” MChJ korxonasining zamonaviy mahsulotlari bilan tanishdi

Foto: «mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Navoiy viloyatida joylashgan “Telecom innovations” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishdi.

“Telecom innovations” MChJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi bo‘lib, 2010-yilda Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etilgan. Zavod yiliga 120 ming ta telekommunikatsion uskunalarni ishlab chiqara oladi. Mahsulotning mahalliylashtirish darajasi esa 80 foizgacha yetkazilgan. Hozirda zavodda 85 kishi faoliyat ko‘rsatadi. Ishchi xodimlarning 55 foizi kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarini tashkil etadi.

Hozirgi kunda korxonada monoblok kompyuterlar, smartfonlar, routerlar, ayniqsa, aholi ehtiyojiga ko‘ra elektr jihozlari, spliterlar, led-panellar, routerlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa, kelajakda nafaqat mahalliy bozorning ehtiyojlarini qondirishga, bundan tashqari eksport qilinadigan mahsulotlar sonini yanada ko‘payishiga xizmat qiladi.

Soha rahbari korxona mutaxassislari bilan ishlab chiqarish jarayonlarini kengaytirish, tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, ularni mahalliy hamda tashqi bozorga chiqarish yuzasidan suhbatlashdi. Shu bilan birga, korxonada mehnat qilayotgan yosh xodimlar va ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring