AKT vaziri ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi
Respublikamizning 28 ta o‘rta va yirik shaharlari hamda Toshkent shahrining 12 ta tumani mas’ul rahbarlarining xizmatlar sohasi va mahalliy sanoatni rivojlantirish borasida bilim va tajribasini oshirirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘quv-amaliy seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun 21 iyun kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) majmua shourumida «IT Parkda axborot texnologiyalari va dasturlash xizmatlarini rivojlantirish» mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov ishtirok etdi.
O‘quv-amaliy seminarining asosiy maqsadi joylardagi mutasaddi rahbarlarga IT sohasida xizmatlar va mahalliy sanoatni rivojlantirishdagi yondashuvlar va ularni shakllantirish uslubiyotini o‘rgatish, o‘zaro fikr va tajriba almashish hamda samarali muloqotni tashkillashtirishdir.
Tadbir yakunida ishtirokchilar IT Park xududidagi qurilish ishlari bilan ham tanishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter