Akademik litseylarda an’anaviy darslar boshlanadi

Akademik litseylarda joriy yil 15-oktyabrdan an’anaviy darslar boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Yangi o‘quv yilini an’anaviy tarzda boshlashga tayyor bo‘lgan akademik litseylarda o‘quv jarayonini boshlash masalasi tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi muhokamasidan o‘tkaziladi.
Ota-onalarning fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar ham o‘tkaziladi.
Ta’lim muassasasiga o‘quvchilarning an’anaviy tarzda kelib o‘qishlari majburiy hisoblanmaydi.
Karantin talablaridan kelib chiqib, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar turar joylari hamda oshxona/bufetlar faoliyat yuritmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter