Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ipak Yo‘li» AITB va q.watt ekologik toza transport va barqaror infratuzilmani rivojlantirish yo‘lida kuchlarni birlashtirmoqda

«Ipak Yo‘li» AITB va q.watt ekologik toza transport va barqaror infratuzilmani rivojlantirish yo‘lida kuchlarni birlashtirmoqda

«Ipak Yo‘li» AITB va q.watt kompaniyasi Toshkent shahrida barqaror shahar harakatchanligini rivojlantirish, yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va qulay, ekologik infratuzilmani yaratishga qaratilgan Strategik iqlim hamkorligi to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri — AITB «Ipak Yo‘li» va q.watt tomonidan ishga tushirilgan TashkentRide powered by Ipak Yuli Bank x q.watt loyihasi bo‘ldi. Bu — O‘zbekistondagi birinchi kobrend-shahar velosipedlari xizmati bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar, ekologik transport va poytaxt aholisi uchun qulaylikni birlashtiradi.

Hamkorlik quyidagi tashabbuslarni qamrab oladi:

· Ekologik toza transport uchun infratuzilmani rivojlantirish, jumladan, bank filiallari oldida elektrovilosipedlar uchun zaryad stansiyalarini o‘rnatish va yashil hududlarni yaratish;

· Bank bo‘limlarida poverbank-stansiyalarni joylashtirish, mijozlarga mobil qurilmalarni qulay zaryad qilish imkoniyatini taqdim etish;

· Barqaror harakatchanlikni ommalashtirish bo‘yicha ekologik shahar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;

· Velomarafonlar, ekologik festivallar va shahar tadbirlarini tashkil etish;

· Barqaror transport sohasida o‘zini o‘zi band qilish va kichik biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish;

· Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasi bilan integratsiya: bank mijozlari uchun elektrovilosipedlarni ijaraga olishda maxsus tariflar, keshbek va bonuslar;

· Hamkorlikdagi marketing kampaniyalari va PR qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish.

AITB «Ipak Yo‘li» loyiha boshlanishini quyidagicha izohlashdi:

«Biz innovatsion yechimlarni atrof-muhitga g‘amxo‘rlik va mijozlarimiz qulayligini ta’minlash bilan uyg‘unlashtirib, yashil kelajak qurilishiga hissa qo‘shishni maqsad qilganmiz. q.watt bilan hamkorlik — bu yashash uchun qulay barqaror shaharga qarab tashlangan muhim qadamdir».

q.watt bilan hamkorlik bankning 2025 yil uchun ESG strategiyasiga uyg‘un bo‘lib, unda «yashil» yechimlarni joriy etish, hamkorliklarni rivojlantirish va barqaror iste’mol hamda shahar harakatchanligi masalalarida jamiyatning xabardorligini oshirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangandir.

Raqamli platformalar bilan integratsiya bankning texnologik rivojlanishga intilishi, raqamli kanallarni kengaytirish va mijozlar bilan kundalik hayotda qo‘shimcha aloqa nuqtalarini yaratish yo‘nalishiga sodiqligini ko‘rsatadi. Loyiha qulay va ekologik transport vositalarini tanlaydigan yosh va faol auditoriyaga mo‘ljallangan.

q.watt kompaniyasi ham ekologik yechimlar va barqaror shahar infratuzilmasini ilgari surishda birgalikdagi yondashuv muhimligini ta’kidladi.

Tomonlar loyihaning bosqichlari va natijalarni monitoring qilish mexanizmlarini belgilovchi «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlaydi. Kelgusida hamkorlar ushbu loyihani O‘zbekistonning boshqa shaharlariga kengaytirishni hamda yangi ekologik transport shakllarini joriy etishni rejalashtirmoqda.

AITB «Ipak Yo‘li» mamlakatda yashil iqtisodiyotni shakllantirish va barqaror tashabbuslarni kengaytirish bo‘yicha davlat, xususiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikka ochiq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring