Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ahvol qalay, MIBchilar?..»

«Ahvol qalay, MIBchilar?..»

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) tashkil qilgan brifinglar bahs-munozaralarsiz o‘tmaydi, rosti. Shunga qaramay, OAVdan qochmaydi, aksincha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar orasida jurnalistlar bilan eng ko‘p uchrashadigani ham Byuro.

Kecha bo‘lib o‘tgan tadbir ham  bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Asosiy gap noreal qarzorliklar tevaragida bo‘lgani uchunmi ommaviy axborot vositalari xodimlari MIB mutasaddilarini «savolbo‘ron» qilib tashlashdi.

Ayonki, «Xabar.uz» ham jim o‘tirmadi, uning savoli mazmuni andoq edi: «Noreal qarzdorlik  yuzaga kelishining eng katta sababi talon-torojlik ekani aytildi. Tabiiy gazdan o‘marishlar g‘isht zavodlari, oxak sexlari, issiqxonalar va, ayniqsa, «gaz zapravkalari»da ko‘p uchramoqda ekan. Tushunarli. «Gaz zapravka»larining qog‘ozdagi emas, asl sohiblari katta-katta amaldorlar ekani haqida ko‘p eshitamiz. Amaldorlarning esa dasti uzun: ishqilib... qiynalib qolmayapsizlarmi?»

Javob (mazmuni): «...Hamma «gaz zaprakalari»da noqonuniy ishlarga qo‘l uriladi, degan qarash noto‘g‘ri. Qonuniy ishlayotganlari ham ko‘p. Ular kimga tegishli ekani esa ahamiyatsiz. Noqonuniy holat aniqlandimi, darhol chora ko‘riladi. MIB xodimlarining «gaz zapravka»larda o‘tkazgan tekshirishlarida 23 ta holatda qonunsizlik fosh etilib, jami 37,7 mlrd. so‘mlik zarar aniqlandi. Bu borada qonuniylik ta’minlanishiga shubha yo‘q...».

Javob qisqa va lo‘nda. Biroq unda ko‘proq rasmiylik, ozroq pisanda va yana jindek mubolag‘a ham bordek...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring