Aholining ichimlik suvidan qarzdorligi 1,1 trln so‘mdan oshib ketgan
O‘zbekistonda ichimlik suvi iste’molchilarining davlatdan qarzdorligi ayni paytda 1,36 trillion so‘mga yetgan. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» korxonasi matbuot kotibi Akmal Murodov ma’lum qildi.
Shundan jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 1,13 trillion so‘mni tashkil etsa, 224 milliard so‘m qarzdorlik yuridik iste’molchilarning hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Qarzdorlik miqdori eng yuqori bo‘lgan hududlar esa:
- Toshkent shahri – 256 milliard so‘m;
- Andijon viloyati – 153 milliard so‘m;
- Toshkent viloyati – 147 milliard so‘m.
Shuningdek, tizimdagi katta muammolardan yana biri ichimlik va oqova suv tizimlaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish bo‘lib, 2022-yilda bunday hoatning 2240 tasi aniqlangan va yetkazilgan zarar miqdori jami 41,5 milliard so‘m hisoblangan.
Bunda eng yuqori ko‘rsatkichlar:
- Toshkent viloyatida – 572 ta;
- Xorazm viloyatida – 940 ta;
- Samarqand viloyatida – 344 ta holatda qayd etilgan.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida esa ichimlik va oqova suv tarmoqlariga 407 ta o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlangan bo‘lib, uning natijasida jami 3,9 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
Ma’lumot uchun, qonunchilikka binoan iste’molchilar ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter