Aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarur — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan selektor yig‘ilishi davomida aholini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha gapirib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri ma’lum qildi.
— Aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarur, — dedi davlat rahbari.
Buning uchun bir oy muddatda, birinchi navbatda, emlanishi zarur bo‘lgan aholi toifasini belgilab, ularning elektron ro‘yxati shakllantirilsin.
Shuningdek, oilaviy poliklinika va qishloq shifokorlik punktlaridagi 3 mingdan ziyod emlash bo‘limlari shayligini ta’minlashdan tashqari, yana qo‘shimcha 800 ta mobil brigada tashkil etish zarur, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter