Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholiga belgilangan 409 mln. so‘mdan oshiq to‘lov bekor qilindi

Aholiga belgilangan 409 mln. so‘mdan oshiq to‘lov bekor qilindi

Foto: Xabar.uz

Samarqand viloyati, Urgut tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisi tomonidan murojaatlar kelib tushgan.

Unda «Toza hudud» DUK Urgut tuman filialining 2023 yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatmagani bayon etiladi.

Urgut tumanidagi MFYlar «Toza hudud» DUK bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilg‘i quyish bo‘yicha muammolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo‘nalishi bo‘yicha MFYlarga to‘liq xizmat ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, korxona tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish bo‘yicha to‘liq xizmatlar ko‘rsatilmagan davrlar uchun jami 409 387 000 so‘m to‘lovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring