Aholi orasidan infeksiya chiqmadi. Vazirlik yangi holatlar haqida ma’lumot berdi

2020-yil 26-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3281 (+20) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 15 nafari Karantin markazidan, 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, qolgan 1 nafari esa Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.
Ayni paytda yurtimizda 2624 (+17) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 644 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter