Toshkent shahri «qizil» hudud deb belgilandi
Koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning sog‘ayish dinamikasi holatidan kelib chiqib, hududlarni «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish tartibiga muvofiq:
- «Qizil» toifadagi hududga – Toshkent shahri;
- «Sariq» toifadagi hududlarga – Samarqand va Toshkent viloyatlari kirishi belgilandi.
Hududlarni toifalarga ajratish va keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mas’ul hisoblanadi va ushbu xizmat epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, tartib asosida o‘zgarish bo‘lgan hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarlarni doimiy ravishda keng jamoatchilikka e’lon qilib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahriga kirish cheklangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter