Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ahmadboy: «Men hech qachon birovni aldamaganman»

Ahmadboy: «Men hech qachon birovni aldamaganman»

A. Tursunboyev: «Asl maqsadim bu pullarni tadbirkorlik qilib ko‘paytirib, egalariga qaytarish bo‘lgan».

Foto:«Toshkent» telekanali lavhasi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sud oldida javob berayotgan A. Tursunboyev va boshqalar Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan firibgarlik, pora berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi Dilshod Komilov raisligida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida xalq maslahatchilari, prokuror, jabrlanuvchilar, fuqaroviy da’vogar vakili, sudlanuvchilarning advokatlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi D. Komilovning O‘zA muxbiriga ma’lum qilishicha, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sud tergovi yakuniga yetgan.

Sudda raislik qiluvchi sudlanuvchilarga so‘nggi so‘z berdi.

– Men hech qachon birovni aldamaganman, - dedi sudlanuvchi Ahmad Tursunboyev. – Odamlar menga o‘z ixtiyori bilan pullarini keltirib bergan. Asl maqsadim bu pullarni tadbirkorlik qilib ko‘paytirib, egalariga qaytarish bo‘lgan. Men bundan afsusdaman va qilmishim uchun xalqimizdan, Prezidentimizdan kechirim so‘rayman.

Boshqa sudlanuvchilar ham bilmay noqonuniy ishga aralashib qolgani, bundan pushaymon ekanliklarini bildirdi.

Sud majlisi yakunlandi. Sud maslahatlashuvi tugaganidan so‘ng sud qarori e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring