Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Agrobank» Xitoy moliya muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

«Agrobank» Xitoy moliya muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

Xitoy Xalq Respublikasining «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasida «Agrobank» ATB va dunyoning yirik banklaridan bo‘lgan Xitoy Sanoat-tijorat banki – ICBC o‘rtasida bitim imzolandi.

Ushbu imzolangan bitim joriy yil boshida «Agrobank» hamda Xitoy Sanoat-tijorat banki bilan hamkorlik o‘rnatish yuzasidan boshlangan muzokaralar natijasidir.

Unda zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va elektron qurilmalar, yuqori texnologik uskunalar to‘plamlarini sotib olish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish, tabiiy resurslar, energetika zaxiralari, qurilish sohalari va boshqa yo‘nalishlarni moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur bitim uzoq muddatli kreditlar taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub’yektlarining Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlari va ishlab chiqaruvchilari bilan savdo aloqalarini mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, investitsion faoliyatni, iqtisodiy hamda savdo munosabatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

📲 https://t.me/AgrobankChannel

📲 https://www.fb.com/agrobankuzbekistan/

«Agrobank» ATB Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring