Agrobank: O‘zbekistonda ilk bor bunday xizmat yo‘lga qo‘yilmoqda
Yaqinda Agrobank tomonidan xalqaro Visa kartasini kartomat orqali berish xizmati yo‘lga qo‘yilganini e’lon qilingan edi.
Endi, O‘zbekistonda ilk bor, HUMO kartasini bank xodimining yordamisiz olish mumkin. Bu Agrobankning smart-ofislarida joylashgan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmasi – kartomat orqali amalga oshiriladi.
- Kartani olish 3 daqiqadan kam vaqt oladi.
- Karta rasmiylashtirish uchun pasportingizdan tashqari hech qanday ortiqcha hujjatlar kerak emas.
- Kunu-tun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi Agrobank Bosh ofisi oldida, Muqimiy ko‘chasi, 43 manzilida joylashgan.
Dastlabki bosqichda bu xizmatdan Agrobank mijozlari foydalanishlari mumkin.
Biz sizning qulayligingiz va eng qimmatbaho boyligingiz — vaqtingizni tejash uchun barcha sharoitlar yaratmoqdamiz.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter