Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Agrobank «Agrobooks» brendi ostida yangi loyihalar taqdim qildi

Agrobank «Agrobooks» brendi ostida yangi loyihalar taqdim qildi

«O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan «Agroworld Uzbekistan 2022» ko‘rgazmasida Agrobank ham o‘z ekosistema loyihalari bilan ishtirok etdi. Xususan, bank pavilonida «AgroZamin»onlayn platformasi va «Agrobooks» brendi ostida yangi loyihalar taqdimot qilindi.

Qishloq xo‘jaligida yuridik shaxslarga mo‘ljallangan «AgroZamin» platformasida bugungi kunda 7,4 mingta foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan va 4,2 ming turdagi mahsulotlar joylashtirilgan. Bu platformaning mantiqiy davomi sifatida aholi uchun yangi «AgroZamin-O‘zimizniki» platformasi ishga tushirildi.

Bu platforma marketpleys shaklida tashkil qilinib, aholi tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotish, mahsulot yetishtirish uchun zarur vositalarni sotib olish, onlayn maslahatlar olish imkoniyati yaratildi. Platformaning mobil ilovalari ham foydalanuvchilar ixtiyoriga havola etilmoqda.

Agrobankning «Agrobooks» brendi yana bir to‘plam bilan boyitildi. Bank qoshida tashkil etilgan ilmiy guruh tomonidan o‘simliklar himoyasi bo‘yicha «40 kitob» to‘plami yaratildi.

Ushbu qo‘llanmalarda aholi, fermerlar va barcha qishloq xo‘jalik sohasi vakillari uchun dolzarb bo‘lgan o‘simliklar kasalligi va zararkunandalari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, kasallik va zararkunandalardan samarali himoyalanish va qarshi kurashishga oid batafsil tavsiyalar bilan tanishish mumkin.

Agrobank aholi, fermerlar va tadbirkorlar uchun qulay bo‘lgan ekotizimni doimiy rivojlantirish bo‘yicha kelgusida ham izlanishda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring