AGMK klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
![AGMK klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2586116840.jpg)
Bugun «O‘zbekiston» mehmonxonasida AGMK klubi a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra. yig‘ilishda AGMK futbol klubi bosh direktori Ibrohim Yuldashev jamoani mavsum yakuniga qadar taniqli murabbiy Baxtiyor Ashurmatov boshqarishini e’lon qildi.
Ashurmatov shu kunga qadar «Buxoro» futbol klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgandi.
Ashurmatovdan tashqari bunga qadar yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan A’zam Sherg‘oziyev ham asosiy tarkibga o‘tkazildi.
Yaqin kunlarda jamoada yuzaga kelgan boshqa bo‘sh o‘rinlarga ham munosib nomzodlar saralab olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter