Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afv etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Afv etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Foto: «Tehnofan.com»

«O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq afv etish Prezident tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • asosiy va o‘talmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod etish;
  • jazodan shartli ozod qilish;
  • umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini yoki o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi qismini yengilroq jazoga almashtirish;
  • sudlanganlikni olib tashlash.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring