Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+289. Koronavirus yuqtirish holatlari keskin o‘sdi

+289. Koronavirus yuqtirish holatlari keskin o‘sdi

2020-yil 27-iyul soat 11:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 820 (+289) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 134 nafari Toshkent shahrida, 79 nafari Toshkent viloyatida, 22 nafari Buxoro viloyatida, 18 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 18 nafari Namangan viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida, 3 nafari Jizzax viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 11 105 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 598 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 152 nafari og‘ir, 65 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring