«Afrosiyob»ning Shahrisabzgacha harakati bir oy ichida qayta tiklanadi
Bugun o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev sifatli transport-logistika xizmatlari yo‘lga qo‘yilmasa, turizmni rivojlantirib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Transport xarajatlarining yuqoriligi xorijiy turistlarni jalb qilishda asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Haligacha xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda loukosterlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilmagani, zamonaviy «Afrosiyob» poyezdiga chipta olish uchun bir necha hafta oldin murojaat qilish zarurligi tanqid qilindi.
Shu bois Transport vazirligiga bir oy muddatda:
- Farg‘ona-Buxoro-Farg‘ona, Farg‘ona-Urganch-Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlarni;
- Buxoro-Samarqand, Buxoro-Xiva, Buxoro-Termiz yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» bir oy muddatda «Afrosiyob» tez yurar poyezdini Shahrisabzgacha harakatini qayta tiklaydigan bo‘ldi.
Mutasaddilarga 1-sentyabrga qadar har kuni 2 mingdan ziyod sayyohlarga tarixiy maskanlarni aylanib chiqish imkonini beradigan 2 qavatli muntazam turistik avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga topshiriq berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter