Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Afrosiyob» poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

 «Afrosiyob» poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

Foto:«Xabar.uz»

13-iyul kuni soat 7:28 da Toshkent-Buxoro yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 762-sonli  «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining harakat jadvalida bir martalik o‘zgarish bo‘ladi.

Bunga Navoiy-Buxoro yo‘nalishidagi temiryo‘lda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi sabab qilib keltirilgan. 

Unga ko‘ra mazkur poyezd shu kuni Toshkent-Navoiy yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi. Yo‘lovchilar Navoiydan Buxorogacha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan tashkil qilinadigan maxsus avtobuslarda olib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring