Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrikada to‘g‘on yorilishi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi

Afrikada to‘g‘on yorilishi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi

Sudandagi Arbaat to‘g‘oni buzilishi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi. 20 ta qishloq butunlay vayron bo‘lgan, deya xabar beradi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi.

To‘g‘on Port-Sudandan 38 kilometr uzoqlikda qurilgan. 317 ming kishi jabr ko‘rdi, ulardan 118 ming kishi uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.

Ofat oqibatida 84 quduq va 10 mingga yaqin qishloq xo‘jaligi hayvonlari nobud bo‘ldi.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, kuchli yomg‘ir tufayli to‘g‘onning qulashi suv toshqiniga olib kelgan va yaqin atrofdagi qishloqlarni vayron qilgan, qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilgan.

Port-Sudandan 20 km shimolda joylashgan to‘g‘on shahar uchun asosiy suv manbai bo‘lgan. Uning quvvati 25 million kub metrni tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring