Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonga qulagan samolyot: tirik qolganlardan biri qishloqqa o‘zi yetib borgan

Afg‘onistonga qulagan samolyot: tirik qolganlardan biri qishloqqa o‘zi yetib borgan

Afg‘onistonda halokatga uchragan samolyotda tirik qolganlardan birining o‘zi yaqin atrofdagi qishloqqa yordam so‘rab yetib borgan. Shu orqali u boshqalarning hayotini saqlab qoldi.

Afg‘oniston telekanali xabariga ko‘ra, tirik qolgan yo‘lovchi Pedu qishlog‘iga yetib borib, yordam so‘ragan. U imo-ishoralardan foydalangan.

Qayd etilishicha, qishloq aholisi omon qolgan shaxsni «Tolibon» vakillariga olib borgan.

«Tolibon» OAVga samolyotdagi xorijliklar hozir ularning nazorati ostida ekanligini tasdiqladi.

Rossiyaning Mash telegram-kanaliga ko‘ra, qishloqqa yetib borgan yo‘lovchi — Igor Sivorotkin edi.

«Bu tibbiyot xodimi Igor Sivorotkin, bortdagilarning eng yoshi edi. U mahalliy aholi bilan muloqot qilishga va hatto qarindoshlariga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘ldi. Uning sharofati bilan halokatdan omon qolgan boshqa odamlar ham najot topish imkoniga ega bo‘ldi», deb yozadi kanal.

Avvalroq Hindistondan Rossiyaga ketayotgan samolyot Afg‘onistonda halokatga uchragani xabar qilingandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, to‘rt yo‘lovchi omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring