Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonga ham tuxum eksport qilinmoqda (foto)

Afg‘onistonga ham tuxum eksport qilinmoqda (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Prezident qaroriga asosan respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yanada mustahkamlash hamda parrandachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Mikrokreditbank» ATBga 85 million AQSh dollar miqdoridagi mablag‘ ajratish belgilangan.

Hozirga qadar (birinchi bosqichda) 50 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilgan.

«Mikrokreditbank» ATB tomonidan o‘tgan davr mobaynida 200 dan ortiq parrandachilik xo‘jaliklari va ozuqa-em mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga 477,5 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.

Joriy yilning 22 aprelida bank tomonidan moliyalashtirilgan shunday korxonalardan – Toshkent shahridagi «Lazzet Feed» hamda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi «Qishloq qurilish farovon parranda» MChJlarga «Parrandasanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda bir guruh respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida ishtirokchilar parranda ozuqasi hamda tuxum ishlab chiqarish va ko‘paytirish jarayoni bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Jumladan, jurnalistlarning birinchi manzili – Toshkent shahridagi «Lazzet Feed» MChJ tomonida parranda ozuqasi ishlab chiqaruvchi korxona bo‘ldi.

«Lazzet Feed» MChJ parranda uchun asosiy ozuqa bo‘lgan yem ishlab chiqarish chiqarish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 15 mlrd. so‘m bo‘lgan loyiha hisoblanadi. Unga «Mikrokreditbank» ATB tomonidan 2021 yil dekabr oyida parranda ozuqasi ishlab chiqarish maqsadida 2 yil muddatga 6 oy imtiyozli davr bilan 10 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratilgan.

«Lazzet Feed» MChJda bugungi kunda to‘liq quvvatda ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda korxonada 20 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Ayni paytda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan «Start», «Rost», «Finish» yemlari mahalliy bozorga, shuningdek, qo‘shni Tojikiston Respublikasiga ham eksport qilinmoqda.

Mazkur loyihaga ko‘ra, korxonada oyiga 8000 tonna parranda ozuqasi ishlab chiqarilib, uni sotish natijasida oyiga 50-60 mlrd tushumga ega bo‘lmoqda.

«Qishloq qurilish farovon parranda» MChJ tuxum ishlab chiqarish va ko‘paytirish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 17 mlrd bo‘lgan loyiha hisoblanadi. Unga bank tomonidan o‘tgan yili korxona faoliyatini kengaytirish hamda parranda ozuqasini sotib olish maqsadida 2 yil muddatga 6 oy imtiyozli davr bilan 5 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratilgan.

Hozirda korxonada 18 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lsa, korxona to‘liq quvvat bilan ishlaganda yangi ish o‘rinlar soni 30 nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

«Qishloq qurilish farovon parranda» MChJda tuxumlari mahalliy bozorga, shuningdek, qo‘shni Afg‘onistonga ham eksport qilinmoqda. Mazkur loyihaga ko‘ra, korxonada 80 ming bosh tuxum yo‘nalishidagi parrandalar boqilmoqda hamda kuniga 55-56 ming, oyiga 1,6 mln dona tuxum ishlab chiqarishga erishilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, bank tomonidan yuqoridagi qaror ijrosi doirasida xalqimizni sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring