Afg‘onistonda yana bir qurolli hujum uyushtirildi
Afg‘onistonda qurollangan kimsalar guruhi Nangahor viloyatidagi ta’lim boshqarmasiga hujum uyushtirishdi va kishilarni garovga olishdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Nation news»ning yozishicha, avvaliga ular ta’lim boshqarmasi binosiga o‘t qo‘yishgan, keyin esa binoga kirish joyida portlash uyushtirishgan.
Hujum bugun, 11 iyul kuni ertalab Nangahor viloyati markazi – Jalolobod shahrida bartaraf etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvda bir nafar qo‘riqchi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter